Daryo

Mehri jo‘shgan mushukning it bilan olishuvi aks etgan video internetda mashhurlikka erishdi (video)

Masalan, navbatdagi videoda yoqimtoy mushuk erkaligi bilan itning e’tiborini o‘ziga tortmoqchi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish50 318 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Sputnik”

Internet olamidagi aksariyat qiziqarli videolarning qahramonlari uy hayvonlari bo‘lib, ular butun dunyo bo‘ylab odamlarning ko‘nglini zabt etmoqda, deb yozadi “Sputnik”.

Foto: “Sputnik”

Masalan, navbatdagi videoda yoqimtoy mushuk erkaligi bilan itning e’tiborini o‘ziga tortmoqchi bo‘lgan. Ularning bu kabi do‘stona munosabatiga ijobiy ma’nodagina hasad qilish mumkin.

Kadrlarda mushuk nemis ovcharkasining yuzini silayotgani, uni quchoqlamoqchiligi va o‘pmoqchiligi aks etgan. Avvaliga itni videoga olayotgan uy bekasigina qiziqtirgan va mushukka unchalik ham ahamiyat bermagan. Ammo kichkintoy mushuk itni o‘z holiga qo‘ymagan, natijada ikkisi ham yerga cho‘kib, bir-biri bilan hazillashgan.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar