Daryo

2020-yilda munosabatlariga nuqta qo‘ygan yulduzli juftliklar

Jonni Deppning qizi va “Meni o‘z ismim bilan ata” filmi yulduzi o‘rtasidagi munosabatlarning darz ketishiga ularning har ikkisini ishdan ortmagani sabab bo‘lgan

2 daqiqa o‘qish153 834 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Bir-biriga mos, hech qachon ayrilmaydigandek tuyulgan juftliklar o‘rtasidagi munosabatlar ham darz ketishi, samimiydek ko‘ringan sevgi uzoqqa bormasligi mumkin. Shou-biznes vakillarining 2020-yilda xayrlashgan yulduzlari kim ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Lili Reynxart va Koul Sprous

Foto: Getty Images

Bahor oyida “Riverdeyl” seriali yulduzlarining ayrilishi haqida mish-mishlar tarqala boshlagan. Sprousning model Kayya Gerber bilan ko‘z urushtirib hamda boshqa qizlar bilan suratga tushib yurgan bir vaqtda aktrisa asosiy vaqtini kitob o‘qish va o‘z ustida ishlashga sarflagan. Avgust oyining so‘ngida aktyor Lili bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylab, aslida ular yanvar oyida vaqtinchalik xayrlashgani, ammo mart oyida hammasi butkul tugaganini bildirgan. Shuningdek, u sevgi hissini tuyganidan baxtli ekanini bildirib, Liliga baxt tilagan.

Chenning Tatum va Jessi Jey

Foto: Getty Images

Amerikalik aktyor va britaniyalik xonanda munosabatlarini avval ham barqaror deb atash mumkin bo‘lmagan. Ikki yil davomida bir urishib, bir yarashgan juftlik 2020-yilning kuzida jiddiy xayrlashgan. Aktrisaning oktabr oyida Instagram’ga surat joylab “Pandemiya vaqtidagi yolg‘izlik”, deb qoldirgan izohi esa buni tasdiqlagan. Ammo Tatum shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni istamagan.

Lili Rouz Depp va Timoti Shalame

Foto: Getty Images

Jonni Deppning qizi va “Meni o‘z ismim bilan ata” filmi yulduzi o‘rtasidagi munosabatlarning darz ketishiga ularning har ikkisini ishdan ortmagani sabab bo‘lgan. Aktyorning Vogue jurnaliga bergan intervyusidan keyin ularning haqiqatan ham ajrashgani ma’lum bo‘lgan. Lili esa bu borada izoh berishni istamagan.

Mayli Sayrus va Kodi Simpson

Foto: Getty Images

Yulduzli juftlik o‘rtasidagi munosabatlar bir yilga ham yetib bormadi. Ma’lumotlarga qaraganda ayrilishning tashabbuschisi Mayli bo‘lgan. Avgust oyida u ayrilganlarini e’lon qilib, ularning har ikkisi o‘z ustida ishlashi, nima qilish va hayotida kim bo‘lishini qaror qilishga haqqi borligini aytib, agar kelasi hafta birga pitssa yeydigan bo‘lishsa, bundan fojia yasashning keragi yo‘qligini ta’kidlagan.

Medelin Petsh va Trevis Mills

Foto: Getty Images
Uch yillik munosabatlardan keyin hammasiga nuqta qo‘yilishi ularning muxlislari uchun yoqimsiz xabar bo‘lgan. Medelin bu ma’lumotni inkor qilgan, ammo Trevis ular boshqa birga emasliklari haqida ochiq xat yozib qoldirgan. Unda ayriliq og‘ir ekanligi, minnatdorlik, sevgi va azobni bir satrga sig‘dirish imkonsizligini yozib, birga tushgan birorta ham suratlarini o‘chirmasligini va hech nimadan afsuslanmasligini qo‘shimcha qilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar