Daryo

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Telegram’da rasmiy kanalini ochdi

Mazkur xabarni yozish vaqtida uning kanaliga 151 mingdan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish44 517 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Telegram’da o‘zining rasmiy kanalini ochdi. Bu haqda prezidenting Twitter’dagi sahifasi orqali xabar berildi.

Erdo‘g‘onning akkaunti verifikatsiyalangan. Turkiya prezidenti o‘zining birinchi postida messenjerda akkaunt ochganini ma’lum qilgan va mushukning suratini joylashtirgan.

Foto: Telegram / Rajab Toyyib Erdo‘g‘on

“Ehtimol, Erdo‘g‘on Telegram’da rasmiy kanalini ochgan xorij prezidentlaridan birinchisiga aylandi”, — deb yozadi Meduza.

Mazkur xabarni yozish vaqtida uning kanaliga 151 mingdan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

Anadolu’ning yozishicha, Turkiyada foydalanuvchilar WhatsApp foydalanish shartlarini yangilaganidan so‘ng, Dedi va BiP messenjerlaridan foydalanishga o‘ta boshlagan. Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, 10-yanvar holati bo‘yicha bir sutka ichida BiP foydalanuvchilari soni (Turkiyaning Turkcell mobil operatori tomonidan yaratilgan) 1,24 millionga oshgan.

Telegram asoschisi Pavel Durov 12-yanvar kuni so‘nggi 72 soat ichida Telegram’da 25 million kishi qo‘shilganini ma’lum qilgan. Messenjerning umumiy foydalanuvchilari soni 500 millionga yetgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar