Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vatikan matbuot xizmati Rim papasi Fransisk betobligi sabab, 1-mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarni bekor qilgani haqida xabar berdi. Ushbu ma’lumotdan so‘ng qator OAVlar Rim papasi Fransisk va uning ikki yordamchisi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqidagi xabarlarni tarqatdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Ehtimol Papa Fransisk koronavirus yuqtirib olgan. U bir necha kun oldin omma bilan qo‘l berib ko‘rishib chiqqan edi. U kasalligi tufayli rejalashtirilgan bir qancha uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi”, — dedi Vatikan vakili Matteo Bruni.

Biroq, Vatikan matbuot xizmati ushbu ma’lumotni rad etdi. “Bu katta feyk”, — deyiladi axborotda.

Shu hafta boshida xizmat vaqtida papada shamollash alomatlari sezilgandi. 83 yoshli pontifik xizmat vaqtida yo‘talgan. Xizmatdan oldin Fransisk dindorlar bilan gaplashib, ularning qo‘lini siqqandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati