Samsung’ning buklanuvchi smartfonlari egalari ko‘ngilsiz muammodan shikoyat qila boshladi — egiluvchan ekranlar sovuqqa chiday olmay, ishdan chiqmoqda, deb yozadi IXBT.

Qishda Galaxy Fold va Galaxy Z Flip egalari egiluvchan ekranlar yorilayotganiga duch keldi. Bu kabi muammo Janubiy Koreya bozorida, Seulda havo harorati Selsiy bo‘yicha -18 darajadan tushib ketganida kuzatilgan.

Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, sovuq havoda smartfon ochilganida uning ekrani darz ketgan.

Bu kabi muammoga boshqa mintaqadagi foydalanuvchilar ham duch kelgan, xususan, dekabr oyida. O‘tgan yili Motorola Razr foydalanuvchilar sovuqda shu kabi muammodan shikoyat qilgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi Mi Band 5 quvvatlantirish vaqtida portlab ketdi








