Daryo

Xitoyda Tesla’ning dunyodagi eng katta quvvatlantirish stansiyasi ochildi

72 ta terminalga ega Supercharger Shanxayning asosiy ish kvartalida ishga tushgan

1 daqiqa o‘qish31 916 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / JayinShanghai

Xitoydagi Jing’an International Center yerosti savdo kompleksida Tesla’ning dunyodagi eng yirik quvvatlantirish stansiyasi ochildi. Unda bir vaqtning o‘zida 72 ta avtomobil quvvatlana oladi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Twitter

72 ta terminalga ega Supercharger Shanxayning asosiy ish kvartalida, Kaliforniyadagi 56 o‘rinli “zapravka” ishga tushganidan bir oy o‘tib ochildi. Hozirda u Tesla’ning dunyodagi eng katta stansiyasi hisoblanadi, biroq eng kuchli emas. Engadget ma’lumotlariga ko‘ra, xitoyliklar quvvati 150 kilovattga teng Supercharger V2 quvvatlantirgichlaridan foydalanadi, Kaliforniyadagiga esa 250 kilovattli V3 o‘rnatilgan. Ularning tezligi orasidagi farq sezilarli darajada: statistikaga ko‘ra, “tezkor” terminallarda quvvatlantirish vaqtida oddiy terminallarnikidan ikki barobarga kam.

2021-yilda Tesla yanada kengayishni rejalashtirmoqda. Kompaniya Hindiston bozoriga chiqish niyatida, shundan so‘ng, rasman dunyoning 34 mamlakatida ishga tushiriladi. Amerika markasi Hindistonda avvaliga sotuvlarni yo‘lga qo‘yadi, keyinroq esa yirik va kichik uzellarni yig‘ish istiqbollarini baholaydi.

Avvalroq Tesla’ning Germaniyadagi zavodini qurish ishlari ilonlar va chaqqon kaltakesaklar sabab to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Ilon Mask “eng og‘ir kunlar”ida Tim Kukka Tesla’ni 60 mlrd dollarga sotib olishni taklif qilgan, ammo u rad etgan. Endi kompaniya 10 baravar qimmat turadi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar