Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2021-yil uchun tuzilgan maqsadlar orasida vazn kamaytirish haqidagi rejalar bo‘lsa, buning uchun hozirdanoq harakat qilish lozim. Albatta, bu ishda samara beruvchi biror turtki izlash kerak. Shuningdek, qaror qabul qilingandan so‘ng unga qat’iy rioya qilish ham juda muhim, xuddi yulduzlar amal qilganidek.

Oksana Voyevodina

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Sobiq “Moskva go‘zali – 2015” sovrindori Oksana juda ko‘p stresslarga duch keldi. Avvalo onalik maqomiga erishish, so‘ngra Malayziyaning sobiq qiroli bilan ajrim, buyraklar bilan muammo… Ammo model barchasi bilan kurashishda o‘zida kuch topdi va 28 kilo vazn tashladi. Buning sababi faqatgina tashvishlar emas, balki o‘z-o‘ziga qo‘ygan qat’iy intizom ham edi.

Filipp Kirkorov

Foto: “starspage.ru”

Foto: “starspage.ru”

“Estrada qiroli” vazn yo‘qotish sirini sport, to‘g‘ri ovqatlanish va boshqalarni hayratda qoldirishda deb biladi. Xonanda sobiq turmush o‘rtog‘ining natijalaridan ilhomlangan holda o‘zi ham 40 kilogramm vazn tashlashga erishdi. Ortiqcha vazn nafaqat ayollar, balki erkaklar uchun ham mos kelmaydi.

Goar Avetisyan

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Mashhur vizajist endi obunachilarini go‘zal suratlari bilan xursand qiladi. Chunki u 43 kilogramm vazn tashlagan. Bunday natijaga turmushidan ajrab, to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qaratganidan so‘ng erishgan.

Ariel Vinter

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Amerikalik seriallar yulduzi deyarli avtomatik tarzda ozishga muvaffaq bo‘lgan. U buning uchun bir necha yillardan buyon foydalanib kelayotgan kuchli antidepressantlarni qabul qilishni to‘xtatgan va shu zahoti ozishni boshlagan.

Xoakin Feniks

Foto: “eksperts.ru”

Foto: “eksperts.ru”

“Joker” afsonaviy roli uchun aktyor 25 kilogramm vazn tashlashiga to‘g‘ri kelgan. Biroq filmning ortidan kelgan muvaffaqiyatlar yuqoridagi fidokorlikka arziydi, albatta.

Keyt Xadson

Foto: “Spletnik”

Foto: “Spletnik”

Haqiqiy namuna desa ham bo‘ladi. Keyt uchinchi farzandini dunyoga keltirgach, o‘ziga e’tibor bermay qo‘ygandi. Ammo mas’uliyatli va irodali yulduz buning uddasidan chiqdi. 15 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan Xadson ko‘rinishidan juda ham mamnun.

Jessika Simpson

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Amerikalik qo‘shiqchining vazni tez-tez o‘zgarib turishiga qaramay, 109 kilogramm og‘irlikka ham ega bo‘lgandi. U deyarli ikki marotaba yaxshigina ozishga erishdi va ortiqcha 45 kilogrammni tanasidan bartaraf etdi.

Danaya Prigojina

Foto: “viva.ua”

Foto: “viva.ua”

Past bo‘yli Danaya, taxminan, 110 kilogramm vaznga ega bo‘lgan. Ammo qiz o‘z qarorida qat’iy turib, parhez qilishni boshladi va to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgandi. Natija 20 kilogramm, yomon emas.

Adel

Foto: “viva.ua”

Foto: “viva.ua”

Britaniyalik qo‘shiqchi oilaviy ajrim tufayligina bunday natijaga erishmadi. U tinimsiz ravishda sport zallariga qatnab, parhez qoidalariga so‘zsiz amal qildi. Shu bilan u imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini ko‘pchilikka isbotlab berdi. Suratlarga ko‘ra, u taxminan 50 kilogramm vazn tashlagan bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi