Daryo

Rossiyaning Tyumen viloyatida 5 metrli qorbola yasaldi

Aleksandr qorbolani YouTube’da e’lon qilingan “Eng baland qorbola” tanlovida qatnashish uchun yasagan

1 daqiqa o‘qish45 160 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yuliya Nachinova

Rossiyaning Tyumen viloyati Moskva shaharchasidagi hovlilarning birida balandligi besh metr keladigan qorbola topildi. Uni 19 yoshli talaba Aleksandr Melnik yasagan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: Yuliya Nachinova

Aleksandrning aytishicha, qorning yumshoqligi unga qiyinchilik tug‘dirgan. Shuning uchun u katta miqdordagi qorni yig‘ib, bir-biriga yopishtirgan. Natijada ulkan qorbola paydo bo‘lgan.

Aslida, Aleksandr qorbolani YouTube’da e’lon qilingan “Eng baland qorbola” tanlovida qatnashish uchun yasagan. G‘olibga 100 ming rubl mukofot va’da qilingan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar