Jons Hopkins universiteti (AQSh) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab hozirgacha 78 704 434 kishi koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda “TVS” xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Yer aholisining har yuzinchisi koronavirusga chalingan
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina va Peru mamlakatlarida ham koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshgan. Eng ko‘p bemorlar AQSh (18,4 million nafar), Hindiston (10,1 million) va Braziliyada (7,3 million) qayd etilgan. COVID-19 bilan kasallanganlar soni bir milliondan oshgan davlatlar ro‘yxatini Rossiya (2,9 million), Fransiya (2,5 million), Buyuk Britaniya (2,1 million), Turkiya (2 million), Italiya (1,9 million), Ispaniya (1,8 million), Germaniya (1,6 million), Argentina (1,5 million), Kolumbiya (1,5 million), Meksika (1,3 million), Polsha (1,2 million) va Eron (1,1 million) kabi davlatlar to‘ldirib turibdi. Mavzuga doir:- Polshada koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan oshdi
- Koronavirus Antarktidada ham aniqlandi. Dunyoda kasallik yetib bormagan qit’a qolmadi
- Shifokorlar yangi yil sovg‘alari orqali COVID-19 yuqtirib olish mumkinligidan ogohlantirdi
- Buyuk Britaniyada koronavirusning yana bir yangi shtammi aniqlandi








