Daryo

BAA aholisi Xitoy vaksinasi bilan bepul emlanadi

Emlash dasturi ixtiyoriy bo‘lsa ham, hukumat barchani unda ishtirok etishga qat’iy chaqirmoqda

1 daqiqa o‘qish26 350 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The National

BAA hukumati barcha fuqarolar va mamlakat rezidentlariga shu oyda foydalanishga ruxsat berilgan Xitoyning Sinopharm vaksinasi bilan bepul emlanishni taklif qildi. Vaksina kasalxonalar va shu maqsadda ochilgan maxsus tibbiyot muassasalariga keltirilgan, deb xabar bermoqda “Kommersant”, Financial Times’ga tayanib.

Foto: The National

Xitoyning koronavirusga qarshi Sinopharm vaksinasi BAAda 31 ming nafar ko‘ngillida sinovdan o‘tkazilgan va 86 foiz samaradorlik ko‘rsatgan.

BAAda jami 1 million nafar fuqaro va rezident maqomiga ega 8 milliondan ortiq turli davlatlar fuqarolari istiqomat qiladi.

Emlash dasturi ixtiyoriy, ammo hukumat unda barchani ishtirok etishga qat’iy chaqirmoqda. Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum o‘zining Twitter’dagi sahifasida unga vaksina qilinayotgani aks etgan suratni atayin joylashtirgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, BAAda pandemiya boshidan buyon 1,7 million kishi koronavirusga chalingan, 639 kishi virus qurboni bo‘lgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar