Daryo

Tom Kruz, Juliya Roberts va boshqa dahshatli fe’l-atvorga ega mashhur Gollivud yulduzlari (foto)

Hayotda bu kabi kamtar ko‘rinishga ega aktyorlarni suratga olish maydonchasida tanib olish qiyin

2 daqiqa o‘qish102 106 ko‘rishlar0 izoh0

Omma oldida har qanday taniqli inson o‘zini yaxshi tutishga urinadi. Shuningdek, ularni samimiy tabassumda ham ko‘rish mumkin. Ammo suratga olish maydonchalarida bular aksincha bo‘lib chiqishi hech kimning xayoliga ham kelmaydi.

Tom Kruz

Foto: Cosmopolitan

Uzoq vaqtdan beri janjalkashligi bilan tanilgan aktyor “Uddalab bo‘lmas topshiriq – 7” filmining suratga olinish jarayonida haddidan oshib ketgan. U ijtimoiy masofani saqlamaganligi uchun studiya xodimaridan g‘azablangan. Ularga qarata: “Biz minglab ish o‘rinlarini yaratmoqdamiz, sizlar, g‘alatisizlar! Bu holatni qayta ko‘rmayin. Hech qachon!”− deya baqirgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisadan keyin kamida 5 kishi ishdan bo‘shatilgan.

Juliya Roberts

Foto: Cosmopolitan

“Kapitan Kryuk” filmining suratga olish jarayonida “Tinkerbell” rolini ijro etgan aktrisaga ijodiy guruh “Tinkerxell” (jahannam) laqabini qo‘ygan. Buning sababi shundaki, Juliyaning chidab bo‘lmas xarakteri bilan birga ishlash juda qiyin kechgan.

Alek Bolduin

Foto: Cosmopolitan

Aktyor ko‘pincha boshqalarni haqorat qilishga o‘ziga imkon bergan. 2012-yil u videotasvirchilarning biri haqida noo‘rin gaplar aytgani uchun teleshoudan haydalgan.

Dastin Xoffman

Foto: Cosmopolitan

Aktyor shu darajada talabchan bo‘lib chiqdiki, u har bir loyihani ijodiy nazoratini yo‘lga qo‘yilishini talab qiladi. U bilan ishlash chindan ham qiyin.

Gvinet Peltrou

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa suratga olish maydonchalarida murosasiz munosabati bilan tanilgan. “Temir odam – 2” filmida u aktrisa Skarlett Yoxansson bilan bir necha bora janjallashgan.

Bryus Uillis

Foto: Cosmopolitan

Hayotda bu kabi kamtar ko‘rinishga ega aktyorni suratga olish maydonchasida tanib olish qiyin. Rejissorlar u bilan ishlash jarayonida hattoki miyasi portlashi mumkinligini ham ma’lum qilgan.

Megan Foks

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa “Transformerlar” rejissori Maykl Bey bilan qattiq janjallashgan va uni “Gitler” deb atagan. Natijada film produseri Stiven Spilberg uni rolidan ozod qilgan.

Marlon Brando

Foto: Cosmopolitan
Aktyor 60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida filmlarda rol ijro etgan. Ammo yillar o‘tgan sari uning xarakteriga chidash qiyinlashgan. Hatto ayrim film rejissorlari uni suratga olish maydonchasiga mast holda kelganini ham ta’kidlaydi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar