Aktyor uchun har qanday ijro muhim sanaladi, ammo davlat rahbarlari rolini ijro qilish uchun mahorat, diqqat va qahramonning ichki kechinmalarini ochib berish kabilar muhim rol o‘ynaydi. Quyidagi aktyor va aktrisalar esa buning uddasidan chiqa olgan.

Jim Kerri

Foto: Cosmopolitan

AQShdagi saylovlardan keyin Jim Kerri Saturday Night Live shousida Jo Bayden rolini ijro qilgan.

Alek Boldouin

Foto: Cosmopolitan

Shu shouning o‘zida Alek Donald Tramp rolini gavdalantirishi kerak bo‘lgan.

Robin Rayt

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa House of Cards filmida AQShning 47-(to‘qima) prezidenti rolini ijro qilgan.

Jina Devis

Foto: Cosmopolitan

Jina qisqa Commander in Chief deb nomlangan serialda AQShdagi birinchi ayol (to‘qima) prezident rolini ijro qilgan.

Bill Myurrey

Foto: Cosmopolitan

Bill “Gudzondagi Gayd bog‘i” filmida Amerika prezidenti rolini ijro qilgan. “Sirlarni oshkor qilishni yomon ko‘raman, ammo men deyarli hech narsa qilmadim. Ko‘p o‘qidim, to‘g‘ri talaffuzni o‘rgandim, shugina xolos”, — degan aktyor.

Jek Nikolson

Foto: Cosmopolitan

Jek Mars Attack filmida AQSh prezidenti rolini ijro qilgan. Ushbu filmning suratga olish jarayonidan keyin prezident bo‘lish va aytilgan har bir so‘z omma e’tiboridan chetda qolmasligini istaydiganlar borligiga hayron qolishini bildirib, odamning shaxsiy hayoti bo‘lishi kerakligi va usiz hamma narsa qorishib ketishini qo‘shimcha qilgan.

Morgan Frimen

Foto: Cosmopolitan

Morgan Deep Impact filmida prezident rolini ijro qilgan.

Maykl Duglas

Foto: Cosmopolitan

Aktyor “Amerika prezidenti” filmida suratga tushgan.

Jon Travolta

Foto: Cosmopolitan

Aktyor “Asosiy ranglar” filmida Bill Klinton rolini ijro qilgan.

Entoni Hopkins

Foto: Cosmopolitan

Hopkins “Nikson” filmida AQShning 37-prezidenti Richard Nikson rolini qoyilmaqom tarzda o‘ynagan.

Xarrison Ford

Foto: Cosmopolitan

Ford “Prezident samolyoti” filmida bosh qahramon rolini ijro qilgan.