Shveysariyaning Nyon shahrida 14-dekabr, dushanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi.
Qur’adan oldin jamoalar guruh bosqichidagi egallagan o‘rinlariga qarab quyidagicha savatlarni hosil qilgandi. Ya’ni o‘z guruhida g‘olib bo‘lganlar 1-savatchadan, 2-o‘rin sohiblari esa 2-savatchadan o‘rin olgandi.
Birinchi savatchadan o‘rin olgan jamoalar 1/8 final bosqichida javob o‘yinlarini o‘z maydonida o‘tkazadi.
1-savatcha: “Bavariya”, “Real”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Borussiya D”, “Yuventus”, PSJ.
2-savatcha: “Atletiko”, “Borussiya M”, “Portu”, “Atalanta”, “Sevilya”, “Latsio”, “Barselona”, “Leypsig”.
- 1-juftlik: “Borussiya Myunxengladbax”—“Manchester Siti”
- 2-juftlik: “Latsio”—“Bavariya”
- 3-juftlik: “Atletiko Madrid”—“Chelsi”
- 4-juftlik: “Leypsig”—“Liverpul”
- 5-juftlik: “Portu”—“Yuventus”
- 6-juftlik: “Barselona”—PSJ
- 7-juftlik: “Sevilya”—“Borussiya Dortmund”
- 8-juftlik: “Atalanta”—“Real Madrid”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)