Daryo

La Liga. Lionel Messining goli “Barselona”ga uch ochko keltirdi

“Barselona” La Liga 13-turida “Levante”ni qabul qildi

1 daqiqa o‘qish45 760 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 13-turi “Barselona” 13-dekabr, yakshanba kuni “Levante”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuv mezbonlarning ustunligida o‘tdi, biroq katalonlar vaziyatlarni golga aylantirishda ko‘p vaziyatda muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Qator urinishlar 76-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Lionel Messi jarima maydoniga yorib kirgan holda, to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Bu gol katalonlarga uch ochko taqdim etdi.

Ronald Kuman shogirdlarining ochkolari 17 taga yetdi. Ikkita zaxira o‘yiniga ega “Barselona” 17 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda va peshqadamdan 9 ochkoga ortda.

Musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Real Sosyedad” o‘z maydonida “Eybar” bilan durang o‘ynadi va “Atletiko”dan ikki ochkoga o‘zib ketish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. “Vilyarreal” esa “Betis” maydonida ochko yo‘qotdi va jadvalda 4-pog‘onaga tushib ketdi.

La Liga

13-tur bahslari

13-dekabr, yakshanba

“Barselona” — “Levante” 1:0

Gol: 1:0 – 76 Messi.

“Barselona”: ter Shtegen, Arauxo, Langle, Dest, Alba, Koutinyo (Trinkau, 70), de Yong, Buskets (Pedri, 58), Breytueyt, Grizmann (Umtiti, 89), Messi.

“Levante”: Fernandes, Klerk, Postigo, Koke (Miramon, 68), Vezu, Malsa, Melero (Leon, 82), Vukchevich (Radoya, 68), De Frutos (Son, 82), Roxer Marti (Morales, 68), Dani Gomes.

Ogohlantirishlar: Vukchevich (42), de Yong (49), Breytueyt (87).

“Real Sosyedad” — “Eybar” 1:1

Gollar: 1:0 – 20 Barrenechea, 1:1 – 65 Enrik.

“Betis” — “Vilyarreal” 1:1

Gollar: 0:1 – 5 Pau Torres, 1:1 – 51 Ruibal.

“Elche” — “Granada” 0:1

Gol: 0:1 – 42 Suares.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar