Daryo

Foto: Dunyodagi eng badavlat sportchilarning rafiqalari

Sportchilarni boshqa kasb vakillariga qaraganda ancha yuqori didga ega desa ham bo‘ladi

3 daqiqa o‘qish120 918 ko‘rishlar0 izoh0

Aktyorlarning turmush o‘rtoqlari latofatli bo‘lishiga shubha yo‘q. Lekin hamisha mashg‘ulotlar bilan vaqt o‘tkazadigan sportchilar ham rafiqa tanlashda ulardan qolishmaydi. Hattoki ularning didi yuqoriroq desa ham bo‘ladi. Sababi ularning turmush o‘rtoqlari farzandli bo‘lishiga qaramay, yosh ko‘rinish va go‘zal qomatini saqlab qola olgan.

Foto: Cosmopolitan

Aralash jang san’ati ustasi Konor Makgregorning rafiqasi Di Devlin

Di va Konorning muhabbat tarixi bir yaxlit asar bo‘lishiga ham haqli. Ular 10 yildan buyon bir oila bo‘lib yashamoqda. Shuningdek, sportchi rafiqasini doimo maqtashdan aslo charchamaydi. Albatta, unga bo‘lgan sevgisini tan oladi. Uzun va qora soch, moviy ko‘z va yoqimli tabassum sohibasi sportning bu kabi kuchli insonining ko‘nglini osongina mag‘lub etgan.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan

Futbolchi Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokutsso

Bolaligidanoq tanish bo‘lgan Antonella va Lionel o‘rtasida 2009-yilga kelib jiddiy munosabatlar boshlangan. Juftlikning suratlariga qarab ular chindan ham bir-biri uchun yaratilganini tasdiqlash mumkin. Shuningdek, jahon futbolining asosiy afsonalaridan biri, kichik bo‘y va qizg‘ish soqol egasi Lionelga mos rafiqa bo‘lish oson ish emas.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan

Tennischi Rojer Federerning rafiqasi Miroslava Vavrinets

Tennischi Rojerning rafiqasi Miroslava ham turmush o‘rtog‘i singari professional tennischi edi, ammo oyog‘idan lat yeganligi sababli karyerasini yakunlashiga to‘g‘ri kelgan. Garchi unga sport bilan qayta shug‘ullanish mumkin bo‘lmasa-da, u sportchining sevimli rafiqasidir.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan

Basketbolchi LeBron Jeymsning rafiqasi Savanna Jeyms

Savannaning bo‘yi o‘rtacha bo‘lishiga qaramay, u turmush o‘rtog‘iga nisbatan ancha past ko‘rinadi. Juftlik ham yoshligida tanishgan va 16 yildan buyon bir oilani tashkil qilib kelmoqda. Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan basketbolchining rafiqasi tez-tez tashqi ko‘rinishida tajribalar o‘tkazib turadi.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan

Suzuvchi Maykl Felpsning rafiqasi Nikol Jonson

Felps tarixdagi 19 marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yagona chempion. Sportchining hayoti ham havas qilgulik darajada. U 2010-yilda “Kaliforniya go‘zali” tanlovi g‘olibasi Nikol bilan 8 yildan buyon ajoyib juflik va bir necha farzandninng ota-onasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Oltin shtatning eng go‘zal malikasi bilan oila qurish 19 ta medaldan ham yaxshiroq yutuq bo‘lsa kerak.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan

Xokkeychi Aleksandr Ovechkinning rafiqasi Anastasiya Shubskaya

Juftlik 2015-yil mart oyida tanishgan, oradan bir yil o‘tib ular rasmiy ravishda bir oila bo‘lishga qaror qilgan. Aleksandrning jasur va biroz qo‘pol qiyofasi bilan tanilgan. Ammo uning rafiqasi nazokat borasida har qanday ayol bilan bellashishi mumkin. Juftlik hamisha bir-birini qo‘llab quvvatlaydi va bir ibora bilan aytganda “uzukka ko‘z qo‘ygandek”.

Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar