Daryo

Keti Perri va Orlando Blum Kaliforniyadan 14,2 mln dollarlik koshona sotib oldi (foto)

Keti va Orlandoning juda ham mashhur qo‘shnilari bor — shahzoda Garri va Megan Markl

1 daqiqa o‘qish53 424 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The State

Yaqinda farzandli bo‘lgan qo‘shiqchi Keti Perri va aktyor Orlando Blum Kaliforniyaning Montesito hududidan hashamatli uy sotib oldi. Ushbu koshona narxi 14,2 million dollar, deb yozadi Variety.

Foto: The State

Uy derazasidan okean ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, Keti va Orlandoning juda ham mashhur qo‘shnilari bor — shahzoda Garri va Megan Markl.

Ushbu ulkan uy 1934-yilda qurilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar ajoyib holatda saqlangan. To‘rtta alohida, biroq qo‘shni yer uchastkalaridan iborat yopiq majmuaga emanlar ekilgan uzun yo‘l eltadi. Avtomobil yo‘li asosiy uyga qadar bo‘lib, undan narida mayda shag‘al yotqizilgan uch qavatli villaga chiqiladi.

Foto: The State

Uy ichidan katta oshxona, anjumanlar zali va shaxsiy kabinet o‘rin olgan. Bundan tashqari, to‘rtta yotoqxona, bir nechta yuvinish xonasi va alohida garderob mavjud.

Foto: The State
Uy yoniga to‘rtta avtomobil sig‘adigan garaj va alohida mehmonlar uchun uy qurilgan. Bu hali hammasi emas: shuningdek, basseyn ham bor, uning yonida esa bir nechta yotoqxonaga ega yana bir uy. Koshona qarshisida sport maydonchasi, turli haykaltaroshlik namunalari va bir nechta fontan joylashgan.

Mavzuga doir: Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay oddiy va shinam uylarda yashashni afzal ko‘ruvchi Gollivud yulduzlari (foto)

Foto: The State
Foto: The State
Foto: The State

Mavzuga doir: Foto: Jeyson Stetxem va Rozi Hantington-Uaytlining Malibudagi 20 mln dollarlik uyiga sayohat

Foto: The State
Foto: The State
Foto: The State
Foto: The State
Foto: The State
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar