Malikalarning nafaqat hayoti, turmush tarzi, balki moliyaviy ahvoli ham muxlislar uchun qiziq bo‘lgan.

Malika Beatris

Foto: Debrett’s

Beatris dunyoga kelganidan keyin shahzoda Endryu va gersoginya Sara qizining nomiga alohida hisob raqam ochib qo‘ygan. Malika Britaniya qirollik oilasining katta vakil emas, qirollik majburiyatlarini qisman amalga oshiradi va shu sabab ham o‘zining karyerasi bilan shug‘ullana oladi. Ayni vaqtda mustaqil biznes-maslahatchi sifatida faoliyat yuritadigan malika, shuningdek, Afiniti kompaniyasining vitse-prezidenti hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, uning moliyaviy ahvoli taxminan 6,7 million dollarga baholanadi, boshqa manbalarda esa 10 million dollar deb keltirilgan ma’lumotlar ham yo‘q emas.

Malika Yevgeniya

Foto: Teleprogramma.pro

Yevgeniyaning shaxsiy kapitali ham deyarli Beatris bilan bir xil. Yevgeniya ham mustaqil pul topadi va karyerasi ijod bilan bog‘liq. U badiiy galereyasining rahbar o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, mish-mishlarga qaraganda uning buvisi Yelizaveta II tomonidan ochib berilgan fondi ham bor.

Malika Viktoriya

Foto: Marie Claire

Shvetsiya qiroli Karl Gustav XVI katta qizi Viktoriya bo‘lajak taxt vorisi hisoblanadi. Uning moliyaviy ahvoli 13,4 million dollarga baholanadi.

Malika Madlen

Foto: Marie Claire

Viktoriyaning kichik singlisining moliyaviy ahvoli 14 million dollarga baholanadi. Uning turmush o‘rtog‘i Kris O‘Nil Wilton Payments Limited kompaniyasining boshqaruvchi rahbari hisoblanadi. Umumiy kapitali qo‘shilsa, ular Shvetsiyaning eng boy oilalaridan biri hisoblanadi.

Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton

Foto: Getty Images

Zolushkaning hayotdagi prototipi, oddiy oiladan chiqib shahzoda qalbini zabt etgan Keyt Middltonning moliyaviy ahvoli turli manbalarda aytilishicha, 10-14 million dollarga baholanadi.

Gersoginya Sofiya

Foto: Marie Claire

Shved oilasining yana bir vakili Sofiya sobiq model va shahzoda Karl Filippning rafiqasi hisoblanadi. Uning moliyaviy ahvoli ham 14 million dollar atrofida.

Malika Anna

Foto: Marie Claire

Qirolicha Yelizavetaning yakka-yu yagona qizi Britaniya qirollik oilasining eng mehnatkash a’zolaridan. Maktabni bitirgach, u yiliga 200-300 tadbirga tashrif buyurgan. Uning moliyaviy ahvoli 40 million dollardan ortiq.

Malika Karolina

Foto: Hello

Monakoning sobiq knyazi Renye II va Gollivud yulduzi Greys Kellining katta qizi ommaga ko‘p ko‘rinish bermaydi. 63 yoshli malika uch marta turmush qurgan va to‘rt nafar farzandi bor. Karolinaning moliyaviy ahvoli esa 134 million dollar atrofida.

Malika Stefaniya

Foto: Getty Images

Karolinaning singlisi avvaliga modellik va xonandalik bilan shug‘ullangan. Uning ham moliyaviy ahvoli opasi bilan teng — 134 million dollar.

Malika Sharlotta

Foto: Marie Claire

Sharlotta endigina 5 yosh bo‘lishiga qaramay, dunyodagi eng badavlat malika shahzoda Uilyam va Keytning qizi bo‘lgani uchun ular boyligining merosxo‘ri hisoblanadi. Otasi taxtga o‘tirsa moliyaviy ahvoli yanada ortishi ajab emas. Uning bo‘lajak kapitali bir necha yuz million, hatto milliardga ham baholanadi.