Daryo

Burak O‘zchivit va O‘zge Torer: Ularning munosabati ishdagi ishqmi yoki mish-mish?

Gap-so‘zlarga aktrisaning ijtimoiy tarmoqqa Burak bilan birga tushgan suratlarni ko‘p joylashi sabab bo‘lgan

2 daqiqa o‘qish116 624 ko‘rishlar0 izoh0

“Qurilish: Usmon” serialini tomosha qilayotgan turk kinosi muxlislari bosh qahramon rolini ijro qilayotgan aktrisa O‘zge Torer Burak O‘zchivitni sevib qolgan va tuyg‘ularini yashirishni uddasidan chiqa olmayapti, degan fikrda. “Rus.Turkey.com”ning yozishicha tomoshabinlar aktyorlar o‘rtasida munosabatlar borligi haqida gumon qilmoqda.

Foto: Milliyet

Avvaliga bu kabi shubhalar O‘zgening Instagram sahifasiga yozib qoldirilgan, aktrisa esa bunga javoban izoh qoldirgan foydalanuvchilarni qora ro‘yxatga kiritgan. Keyinroq tomoshabinlar turli forum va Facebook’da Torerning  aktyorni yoqtirib qolganini muhokama qila boshlagan.

Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, deb o‘ylagan tomoshabinlar bunday mish-mishlarga aktrisaning suratga olish maydonchasida Burak bilan birga tushgan suratlarini, ayniqsa, sevishganlar rolini gavdalantirayotgan payti aks etgan kadrlarni ko‘p joylashi sabab deb hisoblagan.

Foto: Milliyet
Foto: Milliyet
Foto: Milliyet

“Uning aktyorga muhabbat ko‘zi bilan qarashi o‘yin bo‘lishi mumkin emas”, − deb yozib qoldirgan muxlislardan biri O‘zgening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

Uning hamkasblari esa mazkur mavzuga izoh bermaslikka harakat qilgan, berganda ham hazil aralash O‘zchivitni sevib qolmaslik mumkin emasligini ta’kidlagan.

Shuningdek, tinib-tinchimagan muxlislar ijtimoiy tarmoqda Fahriye va  O‘zgeni taqqoslab ular o‘rtasida umumiylik ko‘pligi sabab Torerni Burakka yoqadigan toifadagi qiz, degan xulosaga kelgan.

Bunday mish-mishlarga jim qarab turolmagan O‘zge tarqalgan gap-so‘zlarga munosabat bildirgan. U bunday taxminlarni o‘qish kulgili, shu bilan birga, quvonarli ekanini aytgan. “Demak, men yaxshi aktrisaman, sevib qolgan inson rolini yaxshi o‘xshata olayotganimdan xursandman. Burak juda ham yaxshi inson va aktyor. Biz juda ham yaxshi munosabatdamiz. Ammo mening tuyg‘ularim haqidagi mish-mishlar, shunchaki mish-mish”, − degan aktrisa bularning barini roliga berilgan yuqori baho deb hisoblashini qo‘shimcha qilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar