Daryo

A Seriya. “Napoli” turning markaziy o‘yinida “Roma”ga javobsiz 4 ta gol urdi

“Napoli” A Seriya 9-turida “Roma”ni qabul qildi

1 daqiqa o‘qish17 538 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turida “Napoli” 29-noyabr, yakshanba kuni “Roma”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 30-daqiqasida Lorenso Insinye neapolliklarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa vakilllarida bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq tanaffusgacha hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari yana uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Fabian Ruis, Dris Mertens va Matteo Politanoning gollari “Napoli”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Jennaro Gattuzo shogirdlarinning ochkolari 17 taga yetkazib oldi va jamoa 5-o‘rinda bormoqda. “Roma” (17) 6-pog‘onadan joy olgan.

A Seriya

9-tur bahsi

29-noyabr, yakshanba

“Napoli” — “Roma” 4:0

Gollar: 1:0 – 30 Insinye, 2:0 – 64 Fabian Ruis, 3:0 – 81 Mertens, 4:0 – 86 Politano.

“Napoli”: Meret, Manolas, Mariu Ruy, Kulibali, Di Lorenso, Demme (Lobotka, 83), Zelinski (Elmaz, 78), Insinye, Fabian Ruis, Losano (Politano, 67), Mertens (Petanya, 83).

“Roma”: Mirante, Karsdorp, Manchini (Jezus, 38), Rojer, Spinatssola, Pellegrini (Mayoral, 79), Kristante, Mxitaryan, Veretu (Vilyar, 46), Pedro, Jeko (Karles Peres, 71).

Ogohlantirishlar: Rojer (29), Di Lorenso (32), Kristante (77).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar