Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xiaomi kompaniyasi noodatiy dizayn va katta sig‘imli akkumulyatorga ega hamyonbop smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Xiaomi’ning yangi smartfoni nostandart orqa qopqoqqa ega — u jilosiz plastikdan ishlangan, kamera bloki esa butun korpus eniga qarab tortilgan. Boshqa ko‘plab smartfonlarning kamera moduli faqat yuqori chap burchakni egallaydi.

Poco M3 Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 6,53 dyuymli displeyga ega. Barmoq izi skaneri yon hoshiyada joylashgan.

Smartfon uchta kameradan iborat standart jamlanmaga ega bo‘ldi. Asosiy kamerasi 48 megapikselni tashkil etsa, qolganlari — chuqurlikni o‘lchashga mo‘ljallangan va makro suratga olish uchun alohida 2 megapikselli modul. Frontal kamerasi — 8 megapiksel.

Smartfon Snapdragon 662 protsessori, 4 gigabayt tezkor hamda 64/128 gigabayt ichki xotirada ishlaydi. Alohida e’tibor akkumulyatoriga qaratilgan — sig‘imi 6000 mA/soat va 18 vattli tezkor quvvatlanish. Shuningdek, smartfonning stereodinamigi, IK-porti ham mavjud.

4/64 gigabaytli Poco M3 narxi 149 dollarni tashkil etadi. 4/128 gigabaytli katta modeli esa 169 dollar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg