Daryo

Desert uchun xurmoli chia-puding tayyorlab ko‘ring

Shirinlikni meva va yalpiz bilan bezating

1 daqiqa o‘qish30 166 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Desertning asosini, ya’ni pudingni kechki paytda tayyorlash kerak. Tongda esa boshqa masalliqlarni qo‘shish bilan shirinlikni dasturxonga tortish mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • Chia urug‘lari − 3 osh qoshiq;
  • Sut − 230 ml;
  • Asal − 1 osh qoshiq;
  • Xurmo − 2 dona;
  • Makkajo‘xori yormasi − 2 osh qoshiq;
  • Mevalar, yalpiz  ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Chia urug‘i, sut va asal aralashtiriladi. Kamida 2 soat, agar imkoni bo‘lsa 1 kechaga muzlatgichga qo‘yiladi.
  2. Xurmo mevasi tozalanib, bir xil massaga aylanguncha blenderda maydalanadi.
  3. Desert uchun maxsus stakanga makkajo‘xori yormasi solinadi va ustidan muzlatgichda quyuqlashgan aralashma quyiladi.
  4. Ustidan xurmo va yana puding massasi quyiladi.
  5. Tayyor bo‘lgan puding meva va yalpizlar bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar