Daryo

Rossiyada salkam 40 ming dollarlik Apple Watch taqdim etildi (video)

Apple Watch 6 Limited Edition nomini olgan kolleksiya titan, oltin va brilliant kabi noyob qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan

1 daqiqa o‘qish29 605 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Flagman smartfonlarni o‘ziga xos uslubda bezash bilan tanilgan Rossiyaning Caviar brendi Apple Watch Series 6 “aqlli” soatlar kolleksiyasini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Apple Watch 6 Limited Edition nomini olgan kolleksiya titan, oltin va brilliant kabi noyob qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan to‘rtta modeldan iborat. Tasmalarini yasash uchun esa tabiiy timsoh terisidan foydalanilgan.

Eng qimmat model — Apple Watch 6 Gold Diamonds. O‘z nomiga mutlaqo mos bo‘lgan soat korpusi 750 probali oltin va 100 dan orti brilliantlarga ega bo‘lgan.

Foto: IXBT

Besh nusxada ishlab chiqariladigan modelning narxi qariyb 3 million rubl (39 ming dollar). Shunchaki taqqoslash uchun — bu pulga 73 ta iPhone SE xarid qilish mumkin. Seriyadagi qolgan modellar narxi 229 ming rubldan (3 ming dollar) boshlanadi.

Foto: IXBT

Mavzuga doir: Caviar kompaniyasi iPhone 12 Pro Limited Edition — Musk be on Mars smartfonini taqdim etdi

Caviar kompaniyasi bunga qadar smartfon-tank — iPhone T-34’ni, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning portreti va imzosi aks ettirilgan iPhone 6s’ni, AQSh prezidenti Donald Tramp sharafiga tilla iPhone 7 kabi noyob modellarni taqdim etgan.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar