Daryo

Internetda ruli o‘rtada joylashgan noodatiy Porsche surati paydo bo‘ldi

Suratlarda aniq sportkar tasvirlanmagan, aftidan, u shahar yo‘llariga mo‘ljallangan ixcham avtomobil — balki xetchbek yoki miniven bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish55 682 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Facebook / Porsche

Porsche kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlar orqali rul chambaragi avtomobilning markaziy qismida joylashgan noodatiy mashina tizeri bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Facebook / Porsche

Suratlarda aniq sportkar tasvirlanmagan, aftidan, u shahar yo‘llariga mo‘ljallangan ixcham avtomobil — balki xetchbek yoki miniven. Kompaniya bu orqali Porsche avtomobillari qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib bergan: ingichka qirqimli faralar, avtopilot va haydovchining orqa yonlarida joylashgan ikkita o‘rindiq. Tizerdagi mashina an’anaviy radiator panjarasiga ega ekanligi inobatga olinsa, u elektr energiyasida harakatlanishini taxmin qilish mumkin.

Foto: Facebook / Porsche

Ushbu tizer Vaysaxdagi dizayn-studiyaning sirlariga bag‘ishlangan Porsche Unseen nomi ostidagi seriyaning bir qismiga aylangan. Bunga qadar kompaniya 1950-yillar uslubidagi dizaynga ega spidster va poyga mashinalariga o‘xshash giperkar prototipini taqdim etgandi.

Taxminlarga ko‘ra, Porsche keyingi bir necha hafta ichida o‘z prototiplariga oid batafsil ma’lumotlarni oshkor qiladi. Ular orasida rul avtomobilning old markazida joylashgan siti-kar ham mavjud.

Avvalroq Porsche 911 Turbo S sportkari samolyotga sovg‘a sifatida taklif qilinayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Porsche dunyodagi eng baland binoni raqamli reklama banneriga aylantirdi (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar