Daryo

Samsung o‘zining eng qimmat smartfonini Galaxy brendi nomisiz taqdim etdi

Samsung W21 5G smartfoni bir kristalli Snapdragon 865+ tizimi asosida yaratilgan

1 daqiqa o‘qish31 702 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Samsung egiluvchan ekranga ega o‘zining yangi flagman smartfonini taqdim etdi, biroq uning nomidan Galaxy brendi o‘rin olmagan. Samsung W21 5G ko‘plab jihatlari bilan Galaxy ZFold2 5G’ga o‘xshaydi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Egiluvchan 7,6 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyi korpus ichiga yig‘iladi, tashqi tomonida esa 6,23 dyuymli Super AMOLED ekran joylashgan. Samsung W21 5G smartfoni bir kristalli Snapdragon 865+ tizimi asosida yaratilgan va u faqatgina bir versiyada taqdim etiladi — 12 gigabayt tezkor hamda 512 gigabayt ichki xotira.

O‘lchamlari bo‘yicha Samsung W12 5G smartfoni Galaxy Z Fold2’dan biroz katta, ammo akkumulyator sig‘imi o‘zgarishsiz qolgan— 4500 mA/soat. Shuningdek, u 25 vattli simli va 11 vattli simsiz quvvatlanish funksiyasiga ega.

Foto: IXBT

O‘lchamlaridan tashqari, yangi flagman ikkita SIM-karta slotiga egaligi bilan ham ajralib turadi. Bundan tashqari, qurilmaning orqa paneli oltindan ishlangan va vertikal chiziqlarga ega. Kameralarining barchasi 12 megapiksel.

Foto: IXBT

Xitoyda Samsung W21 5G’ni hozirda 3000 dollar evaziga oldindan buyurtma qilish mumkin.

Foto: IXBT
Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy Z Fold2 Aston Martin Limited Edition smartfonini taqdim etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Samsung Galaxy Fold 3 “garmoshka” kabi yig‘iluvchan displeyga ega bo‘lishi mumkin (foto)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar