Daryo

Samsung kompaniyasi Galaxy Z Fold2 Aston Martin Limited Edition smartfonini taqdim etadi

Yangi smartfon standart versiyadagi jamlanmadan bir qator sovg‘alarga egaligi bilan ajralib turadi

1 daqiqa o‘qish28 582 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / Ice Universe

Samsung kompaniyasi maxsus Galaxy Z Fold2 Aston Martin Limited Edition smartfoni taqdim etilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Gizmochina. Yangi smartfon standart versiyadagi jamlanmadan bir qator sovg‘alarga egaligi bilan ajralib turadi.

Foto: Twitter / Ice Universe

Sovg‘a qutisidan Galaxy Z Fold2, Aston Martin Racing logotipi tushirilgan g‘ilof, Galaxy Watch 3 “aqlli” soati, futbolka, kepka va cheklangan seriyadagi raqam ko‘rsatilgan Aston Martin’ning klub kartasi o‘rin olgan.

Foto: Twitter / Ice Universe

Mazkur yangi smartfon texnik jihatdan original modeldan farq qilmaydi. Cheklangan miqdordagi smartfonni TMall eksklyuziv do‘koni 3140 dollardan sotuvga chiqaradi.

https://twitter.com/UniverseIce/status/1322495553473708034?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1322495553473708034%7Ctwgr%5Eshare_3&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.gizmochina.com%2F2020%2F10%2F31%2Fsamsung-galaxy-z-fold-2-aston-martin-limited-edition-is-limited-to-china%2F

Avvalroq Samsung Galaxy Fold 3 “garmoshka” kabi yig‘iluvchan displeyga ega bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Samsung kompaniyasining 2020-yildagi eng qimmat smartfoni narxi ma’lum qilindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar