Daryo

Kanadada haydovchisiz boshqariladigan shahar avtobuslari sinovdan o‘tkazilmoqda (video)

Avtobus harakatlanadigan marshrut uzunligi 1,5 kilometrni tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish20 944 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Radio Canada

Kanada poytaxtida haydovchisiz boshqariladigan EX10 avtobuslari harakatlanadigan marshrut sinov tariqasida ishga tushirildi. Sinovlar noyabr oyining o‘rtalariga qadar davom etadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Radio Canada

Ta’kidlanishicha, loyihani EasyMile kompaniyasi Ontario provinsiyasida avtomatlashtirilgan transportlarning sinov dasturi doirasida yaratgan. Uning amalga oshirilishini qator ixtisoslashgan korxonalar, Ottava ma’muriyati va Ontario Transport vazirligi nazorat qiladi.

Avtobus harakatlanadigan marshrut uzunligi 1,5 kilometrni tashkil etadi. Avtobuslar to‘rtta bekatda to‘xtaydi. Biroq koronavirus epidemiyasi sabab yo‘lovchilar sifatida faqatgina loyiha ishtirokchilaridan foydalanilmoqda.

Bundan tashqari, uning salonida haydovchi ham bo‘lib, u favqulodda holatlarda boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi.

Foto: Radio Canada
Foto: Radio Canada
Foto: Radio Canada

Bu kabi sinovlarni o‘tkazishdan maqsad — haydovchisiz avtobuslar haqiqiy yo‘l sharoitida qanday ishlashini ko‘rsatib berish, akkumulyatordan foydalanish samaradorligini tahlil qilish va imkoniyati cheklangan odamlarning foydalanishi uchun imkoniyat yaratish.

Avvalroq Huawei’ning haydovchisiz boshqariladigan mashinasi Tailand hukumatiga koronavirusga qarshi kurashda yordam bergani to‘g‘risida ma’lum qilingandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar