Daryo

Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha haftalik antirekord qayd etildi

Bir hafta davomida dunyoda 45 mingdan ortiq odam koronavirus oqibatida vafot etgan

1 daqiqa o‘qish30 386 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

O‘tgan bir hafta ichida butun dunyo bo‘ylab yana 3,3 milliondan ortiq odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining haftalik hisobotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Ta’kidlanishicha, bu pandemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bir hafta davomida dunyoda 45 mingdan ortiq odam koronavirus oqibatida vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 47 million kishidan oshgan.

JSST butun dunyoda bir hafta ichida kasallikka chalinish bo‘yicha haftalik rekordni bundan oldin 19—25-oktabrda qayd etgandi — 2,8 milliondan ortiq.

JSSTning qayd etishicha, 26-oktabrdan 1-noyabrga qadar kasallikka chalinish holatlarining asosiy qismi Yevropa mintaqasiga to‘g‘ri kelmoqda (1,7 milliondan ortiq). Shunda qilib, mintaqadagi kasallanish darajasi undan oldingi haftaga nisbatan 22 foizga oshgan.

Bir hafta ichida kasallanish holatlari asosan Fransiya (275 866), Italiya (174 921) va Buyuk Britaniyada (157 650) aniqlangan.

Avvalroq JSST yaqin bir necha oyda dunyoda COVID-19 koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat juda og‘irlashishidan ogohlantirgan edi.

Mavzuga doir: JSST rahbari COVID-19’ga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan mamlakatlarni sanab o‘tdi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar