So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Gruziya muxolifati parlament saylovlari natijasidan norozi

    02.11.2020, 13:58 13336

    Gruziyada o‘tkazilgan parlament saylovlarida “Gruziya orzusi — demokratik Gruziya” hukmron partiyasi g‘oliblikka erishdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan dastlabki rasmiy natijalarda so‘z boradi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    MSK hisob-kitoblariga ko‘ra, hukmron partiya 48 foizdan ortiqroq ovoz to‘plagan. Partiya raisi Bidzinu Ivanishvili dastlabki rasmiy ma’lumotlarni kutib o‘tirmasdan, o‘z tarafdorlarini g‘alaba bilan tabriklagan.

    “Yagona milliy harakat” muxolifat partiyasi esa 27 foizga yaqin ovoz to‘plagan. “Yevropacha Gruziya — ozodlik uchun harakat” va “Vatanparvarlar alyansi” partiyalari 3 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. To‘qqizta partiya esa 1 foizli ko‘rsatkichdan o‘tgan.

    “Gruziya orzusi” mas’ul kotibi Irakliy Kobaxidzening so‘zlariga ko‘ra, parlamentdagi hukmron partiya ayni vaqtda 76 ta mandatga ega bo‘lmoqda. Bu unga yakka o‘zi hukumatni shakllantirish imkonini beradi.

    Gruziya muxolifati saylovlarni soxtalashtirilgan deb hisoblamoqda. Muxolifat partiyalar yetakchilari xalqaro kuzatuvchilardan parlament saylovlarini qonuniy deya tan olmaslikni so‘rash niyati.

    1-noyabr kuni Tbilisi markazidagi parlament binosi qarshisida muxolifatning norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgan. Ularning yetakchilari parlament noroziliklari va 8-noyabr kuni keng ko‘lamli aksiya o‘tkazishni ma’lum qilib, erkin sharoitda yangi saylovlar o‘tkazish talabini qo‘ygan.

    Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili parlament saylovlari natijasini gruzin muxolifat kuchlarining g‘alabasi deb atagan. U boshqa muxolif partiyalar bilan milliy birlik hukumatini tuzishni eng ustuvor vazifa deb atagan. Shuningdek, Mixail Saakashvili mazkur hukumatda bosh vazir lavozimiga da’vogarlik qilmasligini qo‘shimcha qilgan.

    Avvalroq Mixail Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovida muxolifat g‘alaba qozonsa, mamlakat bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirgandi.

    Mixail Saakashvili 2015—2016-yillarda Ukrainaning Odessa viloyati ma’muriyatini boshqargan. 2017-yilda o‘sha vaqtdagi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan nizo tufayli Saakashvili mamlakat fuqaroligidan mahrum qilingandi. 2019-yilda Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongach Saakashviliga mamlakat fuqaroligi qaytarib berildi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?