Daryo

Xoakin Bakli ijrosidagi super nokaut Konor Makregorning rekordlarini yangiladi

Baklining nokauti ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqishga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish44 410 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

UFC prezidenti Deyna Uayt UFC Fight Night 179 musobaqasida qayd etilgan Xoakin Bakli ijrosidagi nokaut haqida gapirdi.

Foto: Twitter

“Baklining nokauti ayni paytga kelib Twitter’da 60 million marta ko‘rildi. Bu UFC tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan video hisoblanadi. Unga eng yaqini — Konor Makgregor ijrosidagi nokaut, u 7,1 million marta ko‘rilgan.

Shuningdek, Bakli retvitlar (Twitter’da xabar bilan bo‘lishish) soni bo‘yicha ham rekord o‘rnatdi. Uning nokauti 150 ming retvit yig‘di. Unga eng yaqin tvit (Konor Makgregorning nokauti) 27 mingta retvit yiqqan”, — deydi Uayt.

10-oktabr kuni Xoakin Bakli (11-3) oyoq bilan aqlbovar qilmas zarba bergan holda Impa Kasanganayni (8-1) nokautga uchratgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar