Daryo

Deulofeu: “Ronaldinyo — tarixdagi eng yaxshi futbolchi”

Xerar Deulofeu Ronaldinyo va Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

1 daqiqa o‘qish26 250 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Barselona” sobiq a’zosi, ayni damda “Udineze” futbolchisi Xerar Deulofeu Ronaldinyo va Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Getty Images
Men uchun futbol tarixidagi eng yaxshisi — Ronaldinyo. U bilan uchrashganman. “Kamp Nou”dagi qaysidir o‘yinga kelgandim. Ronaldinyo esa menga yaqinroq joyda o‘tirgandi. Unutilmas voqea bo‘lgandi. Messi ham qoyilmaqom, u ham menga yoqadi. Yarim yil davomida u bilan birga o‘ynaganman. U juda yoqimli inson va ajoyib futbolchi. Uni butun dunyo biladi. Xerar Deulofeu, futbolchi
Deulofeu — “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U klub asosiy tarkibidan o‘rin ololmagan. Ijara asosida “Everton, “Sevilya”, “Milan” klublarida harakat qilgan. 2018-yilda esa “Uotford”ga sotib yuborilgan. 2020-yildan esa “Udineze” a’zosi. Futbolchi Ispaniya milliy terma jamoasida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Video: Afsonaviy Ronaldinyoning “Barselona” safidagi barcha gollari bitta videoda

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar