Daryo

Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasi yonib ketdi

Yong‘in avtomobil tirkamasi po‘lat ustunlarining bir-biriga tegib, mexanik uchqun hosil qilishi oqibatida kelib chiqqan

1 daqiqa o‘qish123 950 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyati Peshku tumanida paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Qayd etilishicha, 2020-yilning 2-oktabr kuni soat 17:34 da Gazli shahar IIB navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko‘ra, Buxoro viloyati Peshku tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 393-kilometrida 1980-yilda tug‘ilgan haydovchi A.T. boshqaruvidagi yuk mashinasining tirkamasida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqaro G‘.E.ga tegishli bo‘lgan tirkama va uning ichida bo‘lgan past navli paxta yonib ketgan.

Foto: YHXBB

Avtomobil tirkamasi po‘lat ustunlarining bir-biriga tegib, mexanik uchqun hosil qilishi, uchqunning tez yonuvchi mahsulot ustiga tushishi oqibatida yong‘in kelib chiqqanligi taxmin qilinib, moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Foto: YHXBB

Holat yuzasidan Peshku tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar