Shvetsiya ham bir qator xorij davlatlari kabi Belarusning qonuniy prezidentiga aylangan Aleksandr Lukashenkoni tan olmadi. Bu haqda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde ma’lum qilgan.

Foto: “Belta.by”

Uning so‘zlariga ko‘ra, shoshilinch ravishda o‘tkazilgan inauguratsiya Lukashenkoning qonuniy ravishda prezidentlikka saylanganini shubha ostida qoldirmoqda.

“E’lon qilmasdan, shoshilinch ravishda inauguratsiya o‘tkazilishi demokratik yetakchining qonuniy yo‘l bilan hokimiyat tepasida qolmaganidan darak bermoqda. 9-avgustdagi saylovlar ochiq va demokratik tarzda o‘tmagan. Biz Lukashenkoni muxolifatga qarshi zo‘ravonlik qilganligi va tinchlik bilan norozilik bildirayotgan namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatganlikda ayblayapmiz”, – deb yozgan vazir.

Norvegiya davlat kotibi Audun Xalvorsen ham halol bo‘lib o‘tmagan saylovlar va maxfiy ravishda o‘tkazilgan inauguratsiya Lukashenkoning qonuniy davlat rahbari ekanligini shubha ostida qoldirayotganini qayd etgan.

“Yarim maxfiy ravishda o‘tgan inauguratsiya qonuniylikda dalolat emas. Lukashenkoning inauguratsiyasi Belarusdagi siyosiy inqirozni yanada og‘irlashtirdi. Norvegiya TIV mamlakat hukumatini muxolifatga nisbatan zo‘ravonlik qilmaslikka va mojaroni muzokaralar bilan hal etishga chaqiradi. Saylovlar halol va erkin o‘tmagan”, – deb yozgan Xalvorsen Twitter’da.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenkoning inauguratsiyasidan keyin bir qator davlatlar uning qonuniy tarzda prezidentlikda qolganini tan olmagan, xususan, Ukraina ushbu jarayonga qarshi chiqqan. Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba Kiyevning Lukashenko qonuniy yo‘l bilan prezident bo‘lgan deb hisoblashini aytgan.

Keyinchalik Kreml ham Lukashenkoning prezidentlikda qolganini tan olmaganiga munosabat bildirgan. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov xorij davlatlarining Lukashenkoni prezident sifatida tan olinmagani, Rossiya—Belarus munosabatlariga ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlagan.