Turkiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari sonining oshgani sababli jamoat transportida tik turgan holatda harakatlanish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Kodjaning ma’lum qilishicha, koronavirus Turkiyada o‘zining ikkinchi eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. May va iyun oylaridan buyon kasallanish va o‘lim bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar so‘nggi bir necha kun ichida qayd etilgan.
Erdo‘g‘onning ma’lum qilishicha, kasallanish soni ortayotgani sababli pandemiyaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda, kafe va restoranlar ko‘proq nazorat qilinadi. Hech qanday holatda jamoat transportida tik turgan holatda harakatlanishga ruxsat berilmaydi.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, niqob taqmaydigan va ijtimoiy masofaga amal qilmaydigan fuqarolar majburiy tartibda jarimaga tortiladi.
Izoh (0)