Daryo

Lionel Messi: “Barselona”dan ketishimni aytganimda barcha oila a’zolarim yig‘lab yubordi. Bu juda og‘ir edi

Messi “Barselona”ni tark etish qaroriga oilasi qanday munosabat bildirganini aytib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish80 434 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi katalon klubini tark etish qaroriga oilasi qanday munosabat bildirganini aytib o‘tdi.

Foto: Twitter
Turmush o‘rtog‘im va bolalarga ketish xohishim borligini aytganimda og‘ir drama sodir bo‘ldi. Butun oilam yig‘ladi, bolalarim Barselonadan ketishni, maktabni almashtirishni xohlamadi. Biroq men oldinga nazar solishda davom etardim. Yuqori darajada o‘ynashni xohlayman, sovrinlar yutishni, Chempionlar Ligasida raqobatlashishni istayman.

Mateo (Messining ikkinchi o‘g‘li) hali yosh, u boshqa yerga ko‘chib ketish va u yerda bir necha yil yashash nima ekanini bilmaydi. Tiago (Leoning katta o‘g‘li) televizordan nimanidir eshitib qoldi va menga savol berdi. Uni boshqa yerda yashash va yangi maktabda o‘qishga majburlayotgandek ko‘rinib qolmaslikka urindim. U yig‘ladi va hech qayerga ketmasligini aytdi. Bu juda og‘ir edi.

Bolalarim shu yerda o‘sdi. Ketish istagida hech qanday yomon jihat yo‘q. Bu menga kerak edi, klub uchun lozim edi va bu hamma uchun yaxshi bo‘lardi. Turmush o‘rtog‘im qalbidagi og‘riqqa qaramay meni qo‘llab-quvvatladi.

Lionel Messi, “Barselona” futbolchisi
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Messi “Barselona”ni tark etishga qaror qilgani haqida klub rahbariyatini ogohlantirdi. Biroq tomonlar masalani tinch yo‘l bilan hal qila olmadi. 4-sentabr kuni Messi Goal nashriga bergan intervyusida “Barselona”da qolishini va klubning hurmati uchun sudlashib o‘z haqqini talab qilmasligini ma’lum qildi. Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar