Daryo

Kuvaytda ayollar ilk bora sudyalik lavozimiga tayinlandi

Ayollar Oliy sudga tayinlangan 54 nafar sudya qatoridan o‘rin egallagan

1 daqiqa o‘qish30 004 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Al Jazeera

Kuvaytda mamlakat tarixida ilk bora sakkiz nafar ayol sudyalik lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Le Figaro xabar bergan.

Foto: Al Jazeera

Ayollar Oliy sudga tayinlangan 54 nafar sudya qatoridan o‘rin egallagan.

Kuvaytda ayollarning saylovlarda ishtirokchi sifatida ovoz berish va saylanish uchun nomzodini qo‘yishiga 2005-yilda ruxsat berilgan.

Shuningdek, 15 yil avval Massuma Al-Muborak birinchi vazir ayol sifatida lavozimga tayinlangan. Oradan to‘rt yil o‘tgach, ayollar orasidan nomzodlar Kuvayt parlamenti a’zoligiga saylandi.

Kuvayt Fors ko‘rfazidagi eng liberallashgan mamlakatlarda biri, lekin ushbu davlatda hali ham ayollarga berilgan huquqlar borasida bahsli holatlar uchrab turadi.

2018-yil noyabr oyida Kuvaytda minglab kitoblar taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Xususan, Fyodor Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” romani ham taqiqqa uchragandi.

Eslatib o‘tamiz, Kuvayt hukumati iyul oyida O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun 5,6 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar