Daryo

Maykl Jordanning Mercedes’i yangi Porsche 911 Turbo S narxida sotildi

O‘zining kimligini oshkor qilmagan xaridor Lorinser tyuning-atelyesi tomonidan ta’mirlangan kupe uchun 202,2 ming dollar to‘lagan

1 daqiqa o‘qish35 778 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Motor

Amerikalik afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz S600 eBay onlayn auksion orqali sotildi. O‘zining kimligini oshkor qilmagan xaridor Lorinser tyuning-atelyesi tomonidan ta’mirlangan kupe uchun 202,2 ming dollar to‘lagan. Taqqoslash uchun bu pulga yangi Porsche 911 Turbo S beradi, deb xabar qiladi Motor.

Foto: Motor

Green Black Metallic rangli avtomobilning boshlang‘ich stavkasi 23 dollarni tashkil etgan. Savdolar davomida 177 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, bu mashina narxini qariyb 9 ming barobarga ko‘tarib yuborgan.

Avtomobilga 18 dyuymli xromlangan g‘ildirak diskalari va ikkitalik Lorinser gaz chiqargichi, elektr uzatmali lyuk, tormoz diskalari va avtomatik transmissiya o‘rnatilgan. 1996-yilgi nusxalar o‘rindiqlarni isitish, konditsioner, kruiz-nazorat, xavfsizlik yostiqchasi va og‘ish burchagiga qarab moslanuvchi rul bilan jihozlangan.

Foto: Motor

S600 modeli 389 ot kuchiga ega 6,0 litrli V12 yordamida harakatga keladi. 24 yoshli mashina odometriga ko‘ra, u 252,6 ming kilometr yo‘l bosgan.

Foto: Motor

Avtomobil bilan birga xaridor mashinaga dastlab Maykl Jordan va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Xuanita Vanoy egalik qilganini ko‘rsatuvchi hujjatlarga ham ega bo‘lgan. Bundan tashqari, Mercedes’ga telefon o‘rnatilgan bo‘lib, undan foydalanilganida qurilma panelida NBA afsonasining ismi paydo bo‘ladi.

Foto: Motor
Foto: Motor
Foto: Motor
Foto: Motor
Foto: Motor
Foto: Motor
Foto: Motor
Foto: Motor

Avvalroq AQShda Elton Jonga tegishli bo‘lgan noyob Delahaye 175 kabrioleti, rok-musiqachi Erik Kleptonning Ferrari 599 GTB avtomobili sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar