Daryo

Ronald Kuman “Barselona”ni tark etadigan futbolchilarni aniqlab oldi

Yangi bosh murabbiy klub bosh direktori bilan uchrashib, o‘z rejalariga kirmaydigan futbolchilar nomini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish77 800 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman klub bosh direktori bilan uchrashib, o‘z rejalariga kirmaydigan futbolchilar nomini ma’lum qilgan.

Foto: Twitter

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, “Barselona” bir vaqtning o‘zida qator taniqli futbolchilar – himoyachi Samyuel Umtiti, yarim himoyachilar Arturo Vidal va Ivan Rakitich hamda hujumchi Luis Suares bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Donni van de Bek va Fabian Ruis transferlari ham amalga oshmasligi ta’kidlanmoqda, boisi rahbariyat kelgusi mavsum “Barselona” uchun o‘tish davri bo‘ladi deb hisoblamoqda.

Biroq hujum chizig‘ida jamoa Luis Suaresning o‘rnini “Inter” hujumchisi Lautaro Martines bilan to‘ldirishga jiddiy bel bog‘langan.

Afsonaviy Ronaldinyoning “Barselona” safidagi barcha gollari (video) Lionel Messining APL jamoalariga qarshi bahslaridagi 26 ta goli (video)

Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar