Daryo

Foto: Samsung Galaxy Note20 Ultra kamerasi iPhone 11 Pro Max va Samsung’ning boshqa flagmanlariga qarshi

Taqqoslash davomida Galaxy Note20 Ultra suratlari S20 Ultra’niki bilan mutlaqo bir xil chiqqan

1 daqiqa o‘qish39 710 ko‘rishlar0 izoh0
Note20 Ultra / S20 Ultra

Internetda Samsung Galaxy Note20 Ultra smartfoniga oid ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Phone Arena Note20 Ultra kamerasining boshqa qurilmalarniki bilan taqqoslangani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.

Foto: IXBT

Mutaxassislar ushbu holatda yangi modelga qo‘shimcha sifatida Galaxy S20 Ultra, Galaxy Note 10+ hamda iPhone 11 Pro Max modellaridan ham foydalangan. Taqqoslash u qadar to‘liq bo‘lmasa-da, yangi flagman kamerasi yarim-bir yil ichida qanchalik o‘zgarganini tushunsa bo‘ladi.

Taqqoslash uchun joylashtirilgan suratlar ko‘p bo‘lgani bois ularning barchasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Foto: Note20 Ultra / S20 Ultra
Foto: Note10+ / iPhone 11 Pro Max

Ushbu holatda e’tiborli jihati, Galaxy Note20 Ultra suratlari S20 Ultra’niki bilan mutlaqo bir xil. Ular orasida hech qanday farq yo‘q.

Foto: Note20 Ultra / S20 Ultra
Foto: Note10+ / iPhone 11 Pro Max
Foto: Note20 Ultra / S20 Ultra
Foto: Note10+ / iPhone 11 Pro Max
Foto: Note20 Ultra / S20 Ultra
Foto: Note10+ / iPhone 11 Pro Max
Test ishtirokchilari yakunda quyidagicha o‘rin olgan:
  • Galaxy Note 20 Ultra — 8,7 ball;
  • Galaxy S20 Ultra — 8,6 ball;
  • Galaxy Note 10+ — 8,3 ball;
  • iPhone 11 Pro Max — 8,1 ball.
Umuman olganda qurilmalar kameralari orasidagi farq u qadar katta emas. Shu bilan birga, iPhone televiki qolgan smartfonlardan ortda qolmoqda, ayrim holatlarda esa o‘tgan yili taqdim etilgan Note10+ o‘zidan keyingi avlodlardan yaxshiroq suratga olgandek.

Mavzuga doir: Eng yaxshi smartfon — OnePlus 8 Pro, eng yaxshi kamerafon — Huawei P40 Pro. EISA mukofoti g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar