Daryo

Har kuni yugurish inson tanasida qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?

Mutaxassislarning fikricha, kunlik yugurishdan 10 kun o‘tgach, odam ijobiy fikrlay boshlaydi va tinch uxlaydi

1 daqiqa o‘qish36 862 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Olimlarning ta’kidlashicha, agar odam har kuni bir mil (1,6 km) yugursa, kun davomida o‘zida ajoyib o‘zgarishlarni boshdan kechiradi. Yugurish nafaqat sog‘lik, balki inson ruhiy olamining ham kashf etilmagan hislarini uyg‘otadi.

Quyida har kunlik yugurishni o‘ziga odat qilgan odamning hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida ma’lumot beriladi.

Foto: Getty Images

Sog‘lom turmush tarzi odatini rivojlantirasiz

Inson odatlarning qulidir. Tanani nimaga o‘rgatsa, o‘sha refleks unda rivojlanadi. Agar har kuni yugursangiz, miyangiz mashg‘ulotni o‘tkazib yubormaslik vasvasasini yengishga qodir bo‘ladi. Har kunlik yugurishga jismoniy mashqlarni ham sekinlik bilan qo‘shib borish, sizda sog‘lom turmush tarzi odati rivojlanayotganini anglatadi.

Yanada ishonchli va muvaffaqiyatli odamga aylanasiz

Kundalik yugurish – bu kundan kun erishgan maqsadingiz. Siz buni bilganingizda kognitiv uzatish deb ataladigan narsa uyg‘onadi. “Men qila olaman” degan fikr miyangizda borgan sari ko‘proq eshitiladi. Demak, bu siz hayotning boshqa sohalarida yanada ishonchli, tashabbuskor va dadil ekanligingizni ko‘rsatadi.

Xotirjam va sokin bo‘lasiz

Yugurish sizni tushkunlik, stress va boshqa ruhiy muammolardan xalos qiladi. Ammo har qanday dori faqat muntazam ravishda qabul qilinsagina o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Har kunlik yugurish ham xuddi shunday. Mutaxassislarning fikricha, kunlik yugurishdan 10 kun o‘tgach, odam ijobiy fikrlay boshlaydi va tinch uxlaydi. Bir oy o‘tgach, qonda stress gormoni kortizol darajasi sezilarli darajada pasayadi, bu esa tashvish va hissiy o‘zgarishlarni yengillashtiradi.

Yanada jozibali bo‘lasiz

Agarda ozishni xohlasangiz, yugurish eng yaxshi sport emas. Shuningdek, 1,6 kilometr bu ortiqcha kilogrammni “yo‘qotib yuboradigan” masofa ham emas. Ammo muntazam yugursangiz va jismoniy mashqlarni ham qo‘shib borsangiz siz kutgan natijani olishingiz mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar