Daryo

Mercedes-AMG G63 o‘q o‘tkazmaydigan limuzinga aylantirildi (video)

Nemis yo‘ltanlamasining kuzovi nafaqat yashirin zirhga ega bo‘lgan, balki sezilarli darajada uzaytirilgan

1 daqiqa o‘qish57 670 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Carakoom

Kanadaning Inkas kompaniyasi 25 yildan buyon hashamatli avtomobillarni zirhlash bilan shug‘ullanib keladi. Bu safar kompaniya yangi Mercedes-AMG G63 bazasida yaratilgan yangi loyiha bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi CARakoom.

Foto: CARakoom

Nemis yo‘ltanlamasining kuzovi nafaqat yashirin zirhga ega bo‘lgan, balki sezilarli darajada uzaytirilgan. Uning uzunligi 6186 millimetrga, g‘ildiraklar bazasi esa — 4374 millimetrga yetgan. Avtomobil Mercedes-AMG G63 VIP Limo nomini olgan.

Mashina kapoti ostidan 577 ot kuchi va 850 Nm aylanuvchi momentga ega standart 4,0 litrli ikkitalik V8 turbopuflagich o‘rin olgan. U olti pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: CARakoom

Biroq asosiy o‘zgarishga avtomobil interyeri uchragan. Limuzin yuqori qulaylikka ega. Mashinaga o‘tirgan inson unga 7,62 millimetrli quroldan o‘q uzilayotgan bo‘lsa-da, salon ichida tabiiy charmdan bahra olib o‘tirishi mumkin. Kuzovning pastki qismi qo‘l granatasidan ham himoyaga ega. Haydovchi o‘rindig‘i VIP salondan to‘siq bilan ajratilgan. Orqa qismida esa “kapitan o‘rindig‘i” va Apple TV’ga obuna 4K sifatli televizor joylashgan.

Foto: CARakoom
Foto: CARakoom
Foto: CARakoom
Foto: CARakoom

Xaridorlar bu turdagi limuzin narxini maxsus so‘rov yuborish orqali bilib olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Inkas atelyesi yangilangan Infiniti QX80’ning o‘q o‘tmaydigan versiyasini taqdim etgan edi.

Mavzuga doir: Video: Zirhlangan BMW X5 Kalashnikov avtomati o‘qiga qarshi poygaga chiqdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar