Daryo

Lavash va qiymali lazanya tayyorlaymiz

Lazanya lavashini ta’tib ko‘rish uchun italyan restoraniga borish shart emas

1 daqiqa o‘qish21 514 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehaker

Mashhur italyan lazanya lavashini eng oson usullardan birida pishirishni istaganlar uchun ajoyib retsept.

Foto: Lifehaker
Buning uchun kerak bo‘ladi:
  • 1-2 dona piyoz;
  • 500 gr go‘sht qiymasi;
  • 4 osh qoshiq pomidor sousi;
  • 100 ml qaymoq;
  • 50 gr sariyog‘;
  • 2 osh qoshiq un;
  • 300 gr sut;
  • 4 dona lavash xamiri;
  • 400 gr pishloq;
  • ta’bga ko‘ra tuz va mayda qora qalampir.
Tayyorlanishi:
  • Piyozni maydalab, o‘simlik yog‘ida 5 daqiqa qovuring. Qiymani qo‘shib, yana o‘shancha pishiring;
  • Go‘sht bilan piyozga tuz va murch seping va pomidor sousini soling. 10 daqiqadan so‘ng qaymoq qo‘shing. 5 daqiqa aralashtiring va olovdan oling;
  • Boshqa tovaga sariyog‘ni solib, un bilan aralashtiring va 5 daqiqa qovuring;
  • Aralashmaga sutni quying. Tuz, murchni qo‘shib, yana 2-3 daqiqa pishiring;
  • Pech idishini beshamel sousi bilan yog‘lang. Ustiga bitta lavash xamirini qo‘yib, qiymaning uchdan birini va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqning bir qismini soling;
  • Yana bitta lavash xamirini sous bilan yog‘lang va pishloq sepilgan tomonga qo‘ying. Qatlamlarni shunday ikki marta takrorlang;
  • Ustidan qolgan sous va pishloqni qo‘ying;
  • Lazanyani 180 daraja qizdirilgan pechda 30 daqiqa davomida pishiring.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar