• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sergelida muhtojlarga pul tarqatilishi masalasi ko‘tarildi. Mas’ullar aholi bilan uchrashdi

    1-avgust kuni tushdan keyin Toshkent shahar Sergeli tumanida aholi vakillari tuman hokimligi binosi atrofida to‘plandi. To‘planganlar O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar uchun 30-iyundan boshlab berilayotgan naqd pul shaklidagi mablag‘larning mas’ullar tomonidan to‘g‘ri taqsimlanmagani davosi, shuningdek, mablag‘lar taqsimlanishidagi ayrim tushunmovchiliklar sabab norozilik bildirdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

    Ta’kidlanishicha, yuzlab kishilar masalaga bevosita javobgar hukumat vakillari yetib kelgunga qadar Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan nazorat qilib turilgan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Eshitishimcha, qiynalgan oilalarga yordam puli berilayotgan ekan. Bizga bu bo‘yicha hech kim hech narsa demadi. Shu sabab Prezident xalqqa berayotgan yordamini olishni uchun hokimiyat binosiga keldik. Biz yordam puli olishdan umidvormiz”, – deydi Zilola ismli ayol.

    Zilolaning qo‘shimcha qilishicha, uning turmush o‘rtog‘i yo‘q, qo‘lida esa ikki nafar farzandi bor.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Yordam puli “temir daftar”ga kirganlarga berilishi aytilgan edi, siz bu ro‘yxatga kirganmisiz, deya berilgan savolga ayol ro‘yxatda yo‘qligi, mahalla raisi esa uning bu bo‘yicha murojaatlariga e’tibor qaratmaganini aytgan.

    Aholi vakillari yig‘ilgan tuman hokimligi binosi yoniga hukumat vakillari: bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqa mas’ullardan iborat katta guruh yetib kelgan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Ular aholi vakillari bilan bo‘lgan dastlabki uchrashuvda tumandagi ehtiyojmand oilalar uchun berilgan mablag‘lar qayta ko‘rib chiqilishi va fuqarolarning murojaatlari bevosita barcha mahalla hududlariga borib o‘rganilishini bildirgan.

    Mavzuga doir: Video: Sergelida aholi va mahalla ma’muriyati o‘rtasida 1 mln so‘mlik naqd pul yordami ustida yuzaga kelgan mojaro

    Yig‘ilganlar esa muammolari ko‘rib chiqilishi va adolatli hal qilinishidan umid qilgan holda o‘z uylariga qaytgan. Ularni o‘z mahallalariga yetkazish uchun shahar hokimligi va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan avtobuslar tashkil qilingan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Shu kuni mas’ullar guruhi tumandagi bir nechta mahallaga borib, aholi vakillari bilan ularning muammolari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazdi.

    “Humo” mahallasida yashovchilarning mas’ullar bilan muloqotda aytishicha, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari yordamga muhtojlar uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha ro‘yxat tuzishda ko‘pchilik bilan maslahatlashmagan.

    “Men uyda yolg‘iz ayolman. Qizim oilasidan ajrashgan, uning ikki nafar farzandi bor. O‘zi yangi olgan uyimizning kreditini to‘lash uchun Turkiyaga ketgan.

    To‘g‘risini aytsam, ro‘yxatdan ko‘pchilik bexabar qoldi. Mablag‘larni oluvchilarning ro‘yxatlarini tuzishda qonun buzilishi holatlari bo‘lishi mumkin. Bu yerda tanish-bilishchilik bo‘lgani haqida ham gapirishmoqda. Kim biladi deysiz. Mas’ullar har xil ro‘yxatlarni tuzishda keng aholi vakillari bilan maslahatlashishi kerak”, – deydi muloqotda so‘z olganlardan biri.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Holat yuzasidan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tushuntirish berar ekan, karantin barchani qiyin ahvolga solib qo‘ygani, aholining bu noroziligi ham shuning natijasi ekanini ta’kidladi.

    “Kim kutgan ekan bunday bo‘lishini? Biz qiyin bo‘lsa-da, bunga moslashdik. Hozir hukumat ham imkon qadar aholiga yordam berishga harakat qilyapti, lekin aholi sog‘lig‘ini saqlash uchun ham karantin kerak edi. Biz ham aholiga yordam berish, ham sog‘lig‘ini saqlashga intilyapmiz”, — dedi u.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Shahar hokimi moddiy mablag‘lar taqsimlanishi borasida gapirib, aholi taklifidan kelib chiqqan holda endilikda yordamga muhtoj aholiga mablag‘ tarqatish uchun ro‘yxatlar mahalla yig‘ini raisi emas, balki “domkom”lar tomonidan qilinishi, unga bu ro‘yxatni tuzishda ko‘p qavatli uylarda yashovchi yoshi ulug‘ kishilar maslahat berishini aytib o‘tgan.

    Bu yechim aholi vakillarini qanoatlantirgani ta’kidlanmoqda.

    Mas’ullar guruhi bir necha soat davomida shu tartibda tumandagi “Yangi Choshtepa” mahallasi fuqarolari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. “Yangi Choshtepa” aholisining mas’ullarga murojaat va e’tirozlari ham shu mazmunda bo‘lgan. Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, Sergeli tumanida ko‘p qavatli uylarga mas’ul bo‘lgan faollar, ko‘chaboshilar tomonidan moddiy yordamlar uchun qayta ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Shahar hokimi faollarni ro‘yxat tuzishda vijdonan yondashishga chaqirgan.

    Yangi tuziladigan ro‘yxatlar asosida yangi hafta boshlarida fuqarolarga mablag‘lar yetkazilishi va’da qilindi.

    Muloqotlarda aytilgan ayrim fikrlarga ko‘ra, yordamga muhtoj aholiga beriladigan mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlangani va ro‘yxatga olish jarayonining shaffofligi borasida ham qayta o‘rganishlar o‘tkazilishi mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 30-iyuldagi farmoniga muvofiq pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam puli berilishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga Qurbon hayiti arafasida 1 million so‘mdan moddiy yordam puli tarqatilishi ta’kidlangan edi.

    02.08.2020, 14:20   Izoh (0)   38480
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: “Musa Yerniyazovning qutlug‘ nomi ko‘chalar, xiyobonlarga beriladi”

    02.08.2020, 13:21

    Turkiyada 40 nafardan ortiq o‘zbekistonlik charter reysdan qolib ketdi

    02.08.2020, 12:23

    “Bolalar yaqinlari hamrohligida namoz o‘qish uchun erkin kelib-ketishlari mumkin”. IIV karantindan so‘ng masjidlarda namoz o‘qish uchun hech qanday cheklov bo‘lmas...

    02.08.2020, 11:23

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 25 ming kishidan oshdi

    02.08.2020, 10:13

    Toshkentda koronavirusga chalingan 46 va 58 yoshli ikki nafar bemor vafot etdi

    02.08.2020, 09:56

    Haydovchi mashinasini jarima maydonchasiga olib ketmasliklari uchun uning ustiga chiqib olgani tasvirlangan video tarqaldi. Holatga YHXBB rasmiy munosabat bildirdi...

    02.08.2020, 08:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.