Daryo

Bill Geyts, Ilon Mask va Barak Obamaning Twitter akkauntlarini 17 yoshli o‘spirin buzgani ma’lum bo‘ldi

Uning sheriklari sifatida 19 va 22 yoshli shaxslar gumon qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish69 784 ko‘rishlar0 izoh0

Bill Geyts, Ilon Mask, Barak Obama, Kanye Uest va boshqa mashhurlarning Twitter akkaunti xakerlar tomonidan buzilib, bitkoin talab qilingani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Shutterstock

Bu ishda AQShning Florida shtatida yashovchi 17 yoshli Grexem Klark ismli o‘spirin aybdor deb topilib, hibsga olingan, deya xabar bermoqda Meduza.

Klark 30 ta ayblov bilan ayblangan va u xuddi kattalarday sud qilinishi ma’lum qilingan.

Klarkning sheriklari sifatida Florida shtatida yashovchi 22 yoshli Nima Fazelli va Buyuk Britaniyalik 19 yoshli Mason Sheppard gumonlanmoqda.

Mashhurlar nomidan bitkoin so‘ragan yosh xakerlar tvitlar o‘chirilguncha 110 ming dollarga teng mablag‘ yig‘ishga ulgurgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar