Daryo

Go‘sht iste’mol qilish umrni qisqartirishi ma’lum bo‘ldi

AQSh Saraton kasalliklari milliy instituti olimlari 16 yillik tadqiqot natijalarini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish72 354 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pixabay

Keng ko‘lamli tadqiqotlar oqsil manbasining tanlovi inson sog‘lig‘i va uning uzoq umr ko‘rishiga ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. Tegishli tadqiqot natijalari JAMA Internal Madicine jurnalida chop etildi.

Foto: Pixabay

AQSh Saraton kasalliklari milliy instituti olimlari 16 yillik tadqiqot natijalarini ma’lum qildi. Bu davr mobaynida 50 yoshdan 71 yoshgacha bo‘lgan 416 104 kishi tadqiqotda ishtirok etgan.

1995-yildan 2011-yilga qadar 179 068 nafar ayol va 237 036 nafar erkak kunlik ratsioni to‘g‘risida olimlarga ma’lumot berib kelgan. Ta’kidlanishicha, respondentlar nafaqat yirik shaharlarda, balki chekka hududlarda ham istiqomat qilgan.

Tadqiqot natijasidan ma’lum bo‘lishicha, hayvon oqsilini ko‘proq iste’mol qiladigan respondentlar orasida o‘simlik oqsilini iste’mol qiladiganlarga nisbatan o‘lim darajasi 5 foizga yuqori chiqqan.

O‘simlik mahsulotlarini ma’qul ko‘rgan yurak-qon tomir kasalliklarida muammosi bor insonlar orasida o‘lim holati 11-12 foizga kamaygan.

Avvalroq olimlar qizil go‘shtni sog‘liqqa foydali deb topgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Go‘sht va jigarni iste’mol qilishda jiddiy xavf aniqlandi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar