Daryo

Olimlar qizil go‘shtni sog‘liqqa foydali deb topdi

Bu unda mikro va makroelementlar, xususan, oqsillar, temir, rux, selen, kaliy, D vitamini va B guruhi vitaminlari mavjudligi bilan bog‘liq

1 daqiqa o‘qish58 135 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

O‘rtayer dengizi parhezining tarkibiy qismi hisoblanmish qizil go‘sht iste’mol qilish tarqoq skleroz kasalligining kelib chiqish havfini kamaytiradi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, Kertin va Avstraliya milliy universiteti olimlari shunday qarorga kelgan.

Foto: Getty Images

Mutaxassislar 840 nafar odam ishtirok etgan uzoq muddatli tadqiqotlar davomida olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan. Tadqiqotdan maqsad tarkibida ishlov berilmagan go‘sht (qo‘y, mol va cho‘chqa go‘shti) bo‘lgan O‘rtayer dengizi parhezi bilan tarqoq sklerozga olib keluvchi markaziy asab tizimining demiyelinizatsiyalanishi boshlang‘ich darajasi xavfini kamaytirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash edi.

Ma’lum bo‘lishicha, kuniga 65 gramm go‘sht iste’mol qilish kasallik rivojlanishini to‘xtatishi mumkin.

Olimlarning fikricha, bu unda mikro va makroelementlar, xususan, oqsillar, temir, rux, selen, kaliy, D vitamini va B guruhi vitaminlari mavjudligi bilan bog‘liq. Ularning ayrimlari asab tizimining normal ishlashini ta’minlaydi.

Tarqoq skleroz surunkali autoimmun kasallik bo‘lib, unda bosh miya va orqa miya nerv tolalarining miyelin pardasi emiriladi va asab tizimining turli qismlariga ta’sir qiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar