Daryo

Olimlar koronavirusning og‘ir shakliga xos bo‘lgan belgini aniqladi

Olimlar sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan 50 nafar bemorni tadqiq etgan

1 daqiqa o‘qish106 116 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Fransiyalik olimlar koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarda qayd etiladigan asosiy belgini aniqladi. Tegishli tadqiqot natijalari Science jurnalida chop etilgan.

Foto: EPA

Ma’lum qilinishicha, olimlar yengil yo‘taldan boshlab nafas yetishmovchiligi bilan og‘rib, sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan 50 nafar bemorni tadqiq etgan.

Tadqiqotchilar biomateriallarni tahlil qilib COVID-19’ning og‘ir shakli bilan og‘rigan barcha bemorlarda I tur interferon yetishmovchiligini aniqlagan. Bu organizm virusga qarshi kurashda ishlab chiqaradigan oqsil hisoblanadi. U koronavirus infeksiyasi rivojlanishini kamaytiradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, oqsilning aynan ushbu turi kasallarning sog‘ayishida muhim rol o‘ynaydi.

Avvalroq olimlar nima sababdan testlar doim ham koronavirusni aniqlamayotganiga izoh bergan edi. Shveysariyalik immunolog esa koronavirusning alomatlarsiz tashuvchilari mavjudligini afsona deb atagan.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirusdan tuzalgan bemorlarning immun tizimida muammolar kuzatilayotganini ma’lum qildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar