Daryo

A Seriya. “Yuventus” ikki to‘p farqi bilan oldinda borib g‘alabani qo‘ldan chiqardi

“Roma”da g‘alaba, “Yuventus” va “Latsio” ochko yo‘qotdi

2 daqiqa o‘qish52 306 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Goal

Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan 15-iyul, chorshanba kungi o‘yinlar yakunlandi.

Foto: Goal

Turinning “Yuventus” jamoasi “Sassuolo” maydoniga safar qildi. Dastlab turinliklar Danilo va Gonsalo Iguainning tezkor gollari orqali oldinga o‘tib oldi. Birinchi bo‘limda maydon egalari bunga Filip Jurichichning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida “Sassuolo” Domeniko Berardi va Franchesko Kaputoning kiritgan to‘plaridan keyin vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirdi. 64-daqiqada Aleks Sandro muvozanatni tikladi va bu o‘yindagi so‘nggi gol bo‘ldi.

“Yuventus” 77 ochko bilan peshqadamlikda davom etmoqda va eng yaqin ta’qibchisi “Atalanta”ni 7 ochkoga ortda qoldirgan.

Parallel kechgan o‘yinda “Roma” o‘z maydonida “Verona”ni qabul qildi. Jordan Veretu va Edin Jekoning gollari rimliklarga uch ochko taqdim etdi. Poytaxtning yana bir jamoasi “Latsio” safarda “Udineze” bilan durang o‘ynadi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

A Seriya

33-tur bahslari

15-iyul, chorshanba

“Sassuolo” — “Yuventus” 3:3

Gollar: 0:1 – 5 Danilo, 0:2 – 12 Iguain, 1:2 – 29 Jurichich, 2:2 – 51 Berardi, 3:2 – 54 Kaputo, 3:3 – 64 Aleks Sandro.

“Sassuolo”: Konsilyi, Myuldyur, Kirikesh (Marlon, 75), Peluzo, Kiryakopulos, Jurichich (Traore, 67), Lokatelli, Manyanelli (Burabiya, 67), Boga (Raspadori, 86), Berardi (Ferrari, 86), Kaputo.

“Yuventus”: Shensni, Danilo, Kyellini (Rugani, 46), de Ligt, Aleks Sandro, Bentankur, Matyuidi (Remzi, 81), Pyanich (Rabyo, 57), Bernardeski (Duglas Kosta, 62), Iguain (Dibala, 57), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Manyanelli (42), Bernardeski (45), Kiryakopulos (53), Berardi (58), Ronaldu (62), Bonuchchi (81), Burabiya (90), Remzi (90).

“Roma” — “Verona” 2:1

Gollar: 1:0 – 10, penalti Veretu, 2:0 – 45 Jeko, 2:1 – 47 Pessina.

 “Udineze” — “Latsio” 0:0

“Lechche” — “Fiorentina” 1:3

Gollar: 0:1 – 6 Kyeza, 0:2 – 38 Gezzal, 0:3 – 40 Kutrone, 1:3 – 88 Shaxov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar