Daryo

Parijdagi Eyfel minorasi 3 oylik tanaffusdan keyin sayyohlar uchun ochildi

Odamlar orasidagi xavfsiz masofani saqlash va kasallanish xavfini kamaytirish uchun minoraga tashrif buyuruvchilar 1-iyulga qadar liftlardan foydalana olmaydi

1 daqiqa o‘qish30 876 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: France24

Parijdagi Eyfel minorasi 25-iyun kuni sayyohlar va parijliklar uchun ochildi. Minora uch oylik tanaffusdan keyin, biroq ba’zi cheklovlar bilan ochilmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: France24

Odamlar orasidagi xavfsiz masofani saqlash va kasallanish xavfini kamaytirish uchun minoraga tashrif buyuruvchilar 1-iyulga qadar liftlardan foydalana olmaydi. Shuningdek, minoraning eng yuqori qismi omma uchun yopiq qoladi.

Minora operatori tomonidan ma’lum qilinishicha, tashrif buyuruvchilarning zinalarda qarama-qarshi kelmasligi uchun minoraga ko‘tarilish sharqiy ustundan, tushish esa g‘arbiy ustundan amalga oshiriladi.

Koronavirus sababli Fransiyada madaniy tadbirlar bekor qilingan. Luvr va Orse muzeylari, Versal saroyi yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, Parij shahridagi Eyfel minorasi mamlakatda COVID-19 koronavirusi tarqalgani sababli mart oyida noma’lum muddatga yopib qo‘yilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar