Daryo

“Shaxtyor” ketma-ket to‘rtinchi marta Ukraina chempioniga aylandi

Mazkur g‘alaba “Shaxtyor”ga 13-chempionlikni taqdim etdi

1 daqiqa o‘qish52 134 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Ukraina chempionatining 27-turida “Shaxtyor” Kiyevda “Aleksandriya”ni mag‘lub etdi va mamlakat chempioniga aylandi.

Foto: Twitter

“Shaxtyor” safida Tete dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Tayson mualliflik qildi. Mehmonlarning javob gollari Yevgeniy Banada va Maksim Tretyakov tomonidan kiritildi.

Mazkur g‘alaba “Shaxtyor”ga 13-chempionlikni taqdim etdi. Donetskliklar klubi ketma-ket to‘rtinchi marta Ukraina Premyer Ligasi g‘olibiga aylandi.

27 o‘yindan so‘ng “Shaxtyor” 71 ochko to‘pladi. 26 ta o‘yin o‘tkazgan ikkinchi o‘rindagi “Dinamo Kiyev” hisobida  52 ochko mavjud.

UPL

27-tur bahsi

“Shaxtyor” — “Aleksandriya” 3:2

Gollar: 1:0 – 13, penalti Tayson, 1:1 – 48 Banada, 1:2 – 51, penalti Tretyakov, 2:2 – 60 Tete, 3:2 – 78 Tete.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar