Daryo

AQShda “aqlli” uzuklar koronavirusga chalinganlarni aniqlashda yordam beradi

Uzukka infraqizil yorug‘likdiod datchiklari, termometr, shuningdek, akselerometr va giroskop o‘rnatilgan

1 daqiqa o‘qish23 644 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Engadget

AQSh Milliy basketbol assotsiatsiyasi koronavirus sabab to‘xtab qolgan mavsumni qayta boshlashga tayyorlanmoqda. O‘yinchilarning infeksiya yuqtirib olish xavfini kamaytirish maqsadida kasallik belgilarini kuzatuvchi maxsus uzuklardan foydalaniladi, deb xabar beradi The Athletic.

Foto: Engadget

Bundan tashqari, basketbolchilar NBA 2K sport simulyatori yordamida dam oladi va o‘yinchilar orasidagi masofa 1,5 metrdan kamayib ketsa signal beradigan brasletlarni taqib yuradi. Ularning hayotiga kirib boradigan yana bir texnologik qo‘shimcha — bu Oura uzugi. G‘arbiy Virjiniya universitetining aniqlashicha, uzuk tomonidan to‘plangan va ilovadagi so‘rov natijasida olingan ma’lumotlar insonning koronavirusga chalinganini 90 foiz aniqlikda prognoz qilishda yetarli hisoblanadi.

Oura’ning “aqlli” uzuklari namlikka chidamli titan korpusdan yasalgan bo‘lib, u bir marta quvvatlanish orqali 7 kun ishlay oladi. Qurilma funksiyalari bilan smart-soatlar va fitness-treklardan farq qilmaydi. Uzukka infraqizil yorug‘likdiod datchiklari, termometr, shuningdek, akselerometr va giroskop o‘rnatilgan. Qurilma ma’lumotlarni olti haftagacha saqlay olishi va uni Android yoki iOS-smartfonlarga uzatishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, uzukni taqish majburiy emas. Shuningdek, ilova o‘yinchining kasal ekanligini ko‘rsatmaguncha shifokorlar va begonalar uning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanisha olmaydi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar